Oʻzbekiston Qahramoni oʻzi oʻqigan maktab hovlisiga 100 tup koʻchat ekdi

00:34 13 Mart 2024 Jamiyat
581 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Jahongir Boymurodov/“Xalq soʻzi”. Qashqadaryo viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasining joriy yil bahorgi va kuzgi mavsumida jami 16 million 300 ming dona mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekish reja qilingan. Shundan 10 million 174 ming dona koʻchat bahorgi mavsumda ekiladi.

Viloyat hokimi Murotjon Azimov yaqinda korxona va tashkilotlar xodimlari, jamoatchilik faollarini oʻzlari oʻqigan maktablar, mahalla guzarlarida imkoniyatidan kelib chiqib koʻchat oʻtqazishga chorlagan edi.

Oʻzbekiston Qahramoni Abdimurot Bozorov bu tashabbusga birinchilardan boʻlib bosh qoʻshdi. U Qamashi tumanidagi oʻzi oʻqigan 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabi hovlisiga 100 dona manzarali daraxt koʻchatlarini oʻtqazdi.

— Bundan 64-yil avval ushbu maktabga oʻqishga kelgandim, — deydi Abdimurot Bozorov. — Xayrli tashabbus bahonasida yana qadrdon maktabimdaman. Oʻquvchi yoshlar, qadrdon tengdoshlarim bilan birga maktab bogʻini kengaytirishga hissa qoʻshdik. “Yashil makon” loyihasida har bir kishi faol boʻlishi kerak. Chunki har bir ekilgan daraxt ona tabiatning asrab-avaylanishiga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер