Oʻzbekiston Prezidentining Ozarbayjonga tashrifi yakunlandi
Foto: president.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga amaliy tashrifi yakunlandi.
Tashrifning birinchi kunida davlatimiz rahbari Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Bugun Boku shahrida Qoʻshilmaslik harakatining sammiti boʻlib oʻtdi. Unda Prezidentimiz nutq soʻzlab, qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi, tadbir doirasida ishtirokchilar bilan muloqot qildi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Tashrif doirasidagi tadbirlar yakuniga yetgach, Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi. Prezidentimiz Toshkent shahriga joʻnab ketdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring