Oʻzbekiston Prezidenti Jiddaga joʻnab ketdi

16:50 18 Iyul 2023 Siyosat
897 0

Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-iyul kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Jidda shahrida “Markaziy Osiyo – Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etadi va nutq soʻzlaydi.

Tadbir doirasida qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar oʻtkazilishi ham koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер