Oʻzbekiston Prezidenti tantanali kutib olindi

20:41 22 Avgust 2023 Siyosat
969 0

Foto: president.uz

“Zugʻulba” qarorgohida davlat tashrifi bilan Ozarbayjon Respublikasida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasman kutib olishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va rafiqasi samimiy qarshi oldi.

Qarorgoh maydonida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan oʻtdilar.

Harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi.

Birgalikda suratga tushish marosimidan soʻng Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning ikki tomonlama uchrashuvi boshlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер