Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonning birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
Foto: president.uz
21-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari va Qozogʻistonning birinchi Prezidenti bir-birini muborak Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklab, qardosh xalqlarimizga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladilar.
Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring