Oʻzbekiston Prezidenti Pekinga keldi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga amaliy tashrif bilan Pekin shahriga keldi.
“Shoudu” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini XXR favqulodda vaziyatlar vaziri Van Syansi va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Oliy martabali mehmonlar sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari koʻtarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrif doirasida 17-18-oktabr kunlari davlatimiz rahbari XXR Raisi Si Szinpin va Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi Van Xunin bilan muzokaralar, boshqa ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston yetakchisi “Bir makon, bir yoʻl” xalqaro forumining ochilishida ishtirok etadi va yalpi sessiyasida nutq soʻzlaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring