Oʻzbekiston Prezidenti etnosportni ommalashtirish sohasida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi

14:14 08 Sentyabr 2023 Siyosat
832 0

Фото: Президент Матбуот хизмати

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-sentyabr kuni Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Najmiddin Bilol Erdogʻan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Milliy sport turlari va xalq oʻyinlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv avvalida Bilol Erdogʻan Oʻzbekiston yetakchisiga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ilk bor Xiva shahrida dunyoning 60 dan ziyod  mamlakatidan qariyb 2 ming nafar sportchi ishtirokida oʻtkazilayotgan Xalqaro etnosport festivali qoʻllab-quvvatlangani va yuksak darajada tashkil etilgani uchun samimiy minnatdorlik bildirildi.

Suhbatda qoʻshma “yoʻl xaritasi” asosida taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, tajriba almashish, mutaxassislar, murabbiy va hakamlarni tayyorlash, yoshlarni etnosportga keng jalb qilish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер