Oʻzbekiston Prezidenti Dohada Butunjahon koʻrgazmasi ochilishida ishtirok etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatarga davlat tashrifi doirasida “EKSPO Doha – 2023” butunjahon koʻrgazmasining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Tantanali tadbirda Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy, Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon, Iroq, Yaman va qator boshqa mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari qatnashdi.
“EKSPO Doha” mintaqada oʻtkazilayotgan ilk global “yashil” koʻrgazmadir. Tadbir “Yashil sahro, yanada yaxshi atrof-muhit” shiori ostida oʻtkazilmoqda va kelgusi yil mart oyiga qadar davom etadi.
Forum ishtirokchilari atrof-muhitni muhofaza qilish, ekotizimlarni rivojlantirish, “aqlli” qishloq xoʻjaligini joriy qilish, yangi turdagi ekinlarni yetishtirish, innovatsion bogʻlar yaratish va boshqa yoʻnalishlardagi ilgʻor texnologiyalar yutuqlar bilan tanishdiKoʻrgazma doirasida tashkil etilgan Oʻzbekiston milliy pavilyonida intensiv dehqonchilik va chorvachilik, ekologik menejment sohalaridagi eng yangi texnologiyalar, mamlakatimiz bogʻdorchilik va oziq-ovqat tarmoqlari taqdimotlari namoyish etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring