Oʻzbekiston Prezidenti “Calik Holding” kompaniyasi rahbarini qabul qildi

18:45 16 Noyabr 2022 Siyosat
829 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-noyabr kuni “Koʻksaroy” qarorgohida “Calik Holding” kompaniyasi boshqaruvi raisi Axmet Chalikni qabul qildi.

Uchrashuvda amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish va oʻzaro manfaatli qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha koʻrib chiqildi.

Mamlakatimiz yetakchisi Oʻzbekiston va Turkiyaning yetakchi korxonalari oʻrtasidagi sheriklikning bugungi darajasini mamnuniyat bilan qayd etdi hamda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish uchun katta salohiyat borligini taʼkidladi.

“Calik Holding” rahbari samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor etib, kompaniyaning uzoq muddatli va keng koʻlamli sheriklik borasidagi intilishlari qatʼiy ekanini bildirdi.

Turkiyaning ushbu xoldingi bilan birgalikda sogʻliqni saqlash sohasida, kimyo va togʻ-kon sanoatida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida investitsiyaviy hamkorlikning yangi dasturini ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер