Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan BAAda boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 30-noyabr – 2-dekabr kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi masalalari boʻyicha konferensiyasida ishtirok etish uchun Dubay shahrida boʻladi.
Iqlim boʻyicha global sammitda dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarining davlat va hukumatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar rahbarlari qatnashadi.
Tadbir kun tartibidan BMTning Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi hadli konvensiyasi asosiy qoidalarini amalga oshirish, bugungi ekologik tahdid va xatarlarga qarshi kurashish, “yashil” taraqqiyot maqsad va vazifalarini ilgari surishda keng hamkorlik masalalari oʻrin olgan.
Davlatimiz rahbari sammitning yalpi sessiyasida nutq soʻzlashi hamda qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar oʻtkazishi kutilmoqdaTaʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi BMTning Hadli konvensiyasiga 1993-yilda qoʻshilgan, 2018-yilda mamlakatimiz Parij bitimi ishtirokchisi boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring