Oʻzbekiston polietileni asosan Turkiyaga eksport qilingan

10:19 06 May 2022 Iqtisodiyot
1092 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-mart oylarida 14 ta xorijiy davlatga qiymati 62 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 61 ming tonna polietilen eksport qilgan.

Polietilen eksporti hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 30 ming tonnaga kamaygan.

2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston eng koʻp polietilen eksport qilgan davlatlar:

— Turkiya – 23,5 ming tonna;

— Latviya – 12,5 ming tonna;

— Xitoy – 12,4 ming tonna;

— Rossiya – 5,4 ming tonna;

— Qozogʻiston – 2,2 ming tonna;

— Buyuk Britaniya – 2 ming tonna;

— Ukraina – 1,9 ming tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер