Oʻzbekiston — Ozarbayjon: parlamentlararo hamkorlik aloqalari yanada kengayadi
Ozarbayjon Milliy Majlisida Oʻzbekiston va Ozarbayjon parlamenti aʼzolari uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Samimiy va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuvda parlamentlararo hamkorlik aloqalarini kengaytirish, uni yangi mazmun bilan boyitish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, boshqa sohalardagi aloqalar koʻlamini tobora kengaytirib borish xususida soʻz yuritildi.
Muloqotda tomonlar kelgusida doʻstona aloqalarni yanada rivojlantirishga va muntazam ravishda oʻzaro fikr almashib turishga kelishib oldilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring