Oʻzbekiston nomidan Afgʻoniston xalqiga insonparvarlik yordami yetkazildi

14:53 18 Mart 2026 Siyosat
232 0

Foto: TIV

Bugun, 18-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan birodar Afgʻoniston xalqiga insonparvarlik yordami yetkazildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur tashabbus Ramazon hayiti munosabati bilan afgʻon xalqini qoʻllab-quvvatlash hamda ikki mamlakat oʻrtasidagi yaqin qoʻshnichilik va doʻstona munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida amalga oshirilgan.

Umumiy ogʻirligi 290 tonnadan ziyod boʻlgan insonparvarlik yuki – un, guruch, bugʻdoy, oʻsimlik yogʻi, tez tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari, makaron, qandolat va boshqa turdagi mahsulotlardan iborat.

Foto: TIV

Qayd etilishicha, insonparvarlik yukini rasman topshirish marosimi Hayraton shahrida boʻlib oʻtgan.

Marosimda soʻzga chiqqan Balx viloyati gubernatori oʻrinbosari Mavlaviy Abu Idris, Tashqi ishlar vazirligining Balx viloyati boʻlinmasi rahbariyati, shuningdek, Hayraton shahar hokimligi vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga afgʻon xalqiga doimiy koʻrsatib kelinayotgan eʼtibor, gʻamxoʻrlik, amaliy qoʻllab-quvvatlash va birdamlik uchun samimiy minnatdorlik bildirgan.

Tadbirda, shuningdek, Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oybek Usmanov hamda Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov ishtirok etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер