Oʼzbekiston Milliy paralimpiya qoʼmitasida IV Para Osiyo oʼyinlari oldidan yigʼilish oʼtkazildi
Sanoqli kunlardan soʼng Xanjchou shahrida IV Para Osiyo oʼyinlari boshlanadi. Oʼzbekiston Milliy paralimpiya qoʼmitasida ushbu nufuzli kompleks musobaqa oldidan yigʼilish oʼtkazildi.
Unda Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti O.Umarov, Yoshlar siyosati va sport vaziri oʼrinbosarlari - Sh.Mahmudov va M.Ismoilov, Osiyo Paralimpiya qoʼmitasi vitse-prezidenti – Oʼzbekiston Milliy paralimpiya qoʼmitasi raisi M.Tashxodjaev, Oʼzbekiston Milliy Olimpiya qoʼmitasi Bosh kotibi O.Kasimov, qoʼmita raisi oʼrinbosarlari – A.Kamilov hamda Sh.Tashmatovlar ishtirok etdi.
Yigʼilish davomida para atletlarimizning Para Osiyo oʼyinlariga koʼrgan tayyorgarligi va oldindagi kompleks musobaqada kutilayotgan natijalar haqida soʼz bordi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring