Oʻzbekiston Milliy atlasi yaratildi

09:41 16 Noyabr 2021 Jamiyat
1243 0

Oʻzbekiston Milliy atlasi 416 ta xaritalarni oʻzida jamlagan 2 jilddan iborat boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining barcha sohalarini kartografik va matnli koʻrinishda tavsiflovchi fundamental ilmiy-maʼlumotnoma asari hisoblanadi.

Atlasda Respublikamizning “Tabiiy-geografik oʻrni va umumiy xususiyatlari”, “Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari”, “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi”, “Aholisi”, “Ijtimoiy” va “Iqtisodiyot sohalari” hamda “Tarixi” aks ettirilgan.

Milliy atlas Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi va “Kartografiya” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasining 100 dan ortiq mutaxassislari, Fanlar akademiyasining yetuk olimlari, vazirlik va idoralarning vakillari hamda oliy taʼlim va boshqa ilmiy maqomga ega boʻlgan tashkilotlardan jalb etilgan ekspertlar hamkorligida yaratildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер