Oʻzbekiston MDH Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi ishida ishtirok etmoqda
Foto: Tashqi ishlar vazirligining ''Dunyo'' axborot agentligi
«Kazinform» davlat axborot agentligi maʼlumotiga koʻra, tadbir delegatsiya rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi bilan boshlandi. Shundan soʻng soʻng kengaytirilgan tarkibda uchrashuv boʻlib oʻtadi. Qozogʻiston Bosh vaziri Alixan Smoilov raisligidagi yigʻilishda Ozarbayjon hukumati rahbari Ali Asadov, Belarus hukumati rahbari Roman Golovchenko, Rossiya hukumati rahbari Mixail Mishustin, Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov, Tojikiston Bosh vaziri Kohir Rasulzoda, Qirgʻiziston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Oqilbek Japarov, Armaniston Bosh vaziri oʻrinbosari Mher Grigoryan va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari Xoʻjamirat Geldimiradov ishtirok etmoqda.
MDH HRK majlisida MDHda iqtisodiy hamkorlik, xizmatlarning erkin savdosini tashkil etish, foydalanish va investitsiya qilish toʻgʻrisidagi bitim, Hamdoʻstlik Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisini oʻtkazish va boshqa qator masalalar muhokama qilinmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring