Oʻzbekiston may oyida 186,6 tonna qovun eksport qildi

17:03 18 Iyun 2020 Iqtisodiyot
1725 0

Serquyosh zaminimizda yetishtirilgan qovun mahsulotlariga xorij bozorlarda talab katta. 

Joriy yilning 1-iyunigacha qiymati 264,1 ming AQSH dollariga teng boʻlgan 342,5 tonna qovun mahsuloti eksport qilingani ham buning tasdigʻidir.

“Eksport qilingan jami qovunlarning 186,6 tonnasi may oyida amalga oshirilgan. Bu ulush joriy yilda yetishtirilgan yangi qovunlar hissasiga toʻgʻri keladi” deyiladi Davlat statistika qoʻmitasi axborot xizmati xabarida.

Ayni kunga qadar oʻzbek qovunlariga Rossiya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Tojikiston davlatlari bozorlarida talab yuqori boʻlyapti.

Eʼtiborlisi, 2020-yilning 1-iyun holatiga koʻra, 159 tonna qovun Rossiyaga sotilgan. Bu oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 154,5 tonna koʻpdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер