Oʻzbekiston-Koreya oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi oʻtkaziladi
Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 27-mart kuni Oʻzbekiston-Koreya oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi oʻtkaziladi. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida boʻlib oʻtadigan xalqaro forumda 100 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etadi.
Anjumanda ikki mamlakat oliygohlari oʻrtasida taʼlim va fanni yanada integratsiyalashtirish, salohiyatli kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Forum yakunida qator hamkorlik shartnomalari imzolanishi kutilmoqda. Bitimlar asosan ikki mamlakat oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaratiladi.
Shuningdek, forum doirasida mehmonlar poytaxtimizdagi bir qator oliy oʻquv yurtlari, texnoparklar bilan tanishishlari hamda Samarqand shahriga ham tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring