Oʻzbekiston Kishinyov Konvensiyasiga qoʻshildi
Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Konvensiyaga qoʻshilish toʻgʻrisidagi (Kishinyov, 2002-yil 7-oktyabr) Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali orqali xabar berildi.
Kishinyov konvensiyasi huquqiy muhofazaga kirish tartibini belgilaydi, oʻzaro huquqiy yordamning turli shakllari va turlarini, uni koʻrsatish tartibi va shartlarini, sud qarorlarini oʻzaro tan olish va ijro etishni oʻz ichiga oladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring