Oʻzbekiston karlar jamiyati aʼzolari uchun bayram tadbiri tashkil etildi

18:20 05 Yanvar 2024 Jamiyat
703 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Oʻzbekiston karlar jamiyati tashkil topganligining 95-yilligi munosabati bilan Qumqoʻrgʻon tumanida “Jannat bogʻi” shiori ostida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston karlar jamiyati prezidenti Goʻzal Shodiyeva, Ijtimoiy himoya milliy agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi Muhiddin Togʻayev, tuman hokimining oʻrinbosari Normoʻmin Allanazarov va viloyatning barcha tumanlaridan 670 nafar karlar jamiyati aʼzolari ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda nogironligi boʻlgan fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash masalasiga alohida eʼtibor qaratilayotgani, davlatimiz rahbarining gʻamxoʻrligi mehrga, eʼtiborga muhtoj insonlar hayotida juda katta oʻzgarish boʻlayotganini taʼkidlashdi.

Tadbir soʻnggida bayram munosabati bilan barcha karlar jamiyati aʼzolariga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер