Oʻzbekiston Koreya Respublikasidan 7,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan mebel mahsulotlarini import qilgan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning dastlabki 4 oyida Oʻzbekiston 46 ta xorijiy davlatlardan qiymati 25,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan mebel mahsulotlarini import qilgan. Bu oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,6 mln. AQSH dollariga kam.
Oʻzbekiston 2021-yilning dastlabki 4 oyida mebel mahsulotlarini eng koʻp import qilgan davlatlar:
Koreya – 7,8 mln.
Xitoy – 6,9 mln.
Turkiya – 3,9 mln.
Rossiya – 2,7 mln.
Ukraina – 1,1 mln.
Qozogʻiston – 570,5 ming
Belarus – 564,1 ming
Italiya – 513,1 ming
Polsha – 308,3 ming
Litva – 250,8 ming
Germaniya – 170,9 ming
Singapur – 126,0 ming
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring