Oʻzbekiston iqtisodiyotida I yarim yillikda qanday koʻrsatkichlarga erishildi?
Prezident raisligidagi oʻtkazilayotgan yigʻilishida qayd etilgan koʻrsatkichlar haqida toʻxtalib oʻtildi, deb xabar berdi “Xalq soʻzi” muxbiri.
Qayd etilishicha, oziq-ovqat sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi respublikada jami 14,7 foizga oshgan.
Hududiy investitsiya dasturlari doirasida birinchi yarim yillikda prognozga nisbatan 2,5 barobar koʻp yoki 5 ming 246 ta loyiha amalga oshirilgan.
Hisobot davrida mamlakatda jami 53 ming yangi kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etilib, oʻtgan yilga nisbatan 14 foizga oshgan.
Joriy yil birinchi yarim yillikda esa 190 ming gektar qoʻshimcha yer maydonlari oʻzlashtirildi.
2020-yilning birinchi yarmiga nisbatan xizmatlar koʻrsatish hajmi 18,3 foizga oshdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring