Oʻzbekiston ikki oyda 207,3 mln dollarlik meva-sabzavot eksport qildi
2026-yilning yanvar fevral oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 207,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 219,9 ming tonna meva-sabzavotlar eksport qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Eksport qilingan mahsulotlar tarkibi boʻyicha taqsimlanganda eng katta ulush sabzavotlar hissasiga toʻgʻri kelib, 87,9 ming tonnani tashkil etgan.
Shuningdek, meva va rezavorlar 56,5 ming tonna, mosh 11,8 ming tonna, yeryongʻoq va yongʻoqlar 5 ming tonna, tarvuz va qovun 0,2 ming tonna hamda boshqalar 58,5 ming tonna eksport qilingan.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 27,1 ming tonnaga yoki 14 foizga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring