Oʻzbekiston hududiga juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda — FVV
Joriy yilning 2-5-iyul kunlari Oʻzbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan maʼlumotga koʻra, 2-iyul kuni Oʻzbekistonning shimoliy, janubiy va choʻl hududlarida, 3-5-iyulda respublika hududning katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 44-46 darajagacha koʻtariladi.
Respublika boʻyicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha, 3-5-iyulda ayrim joylarda baʼzida 20-25 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Shu oʻrinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan avtomobillarini daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmasliklarini soʻragan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring