O‘zbekiston hududiga yanada issiq havo kirib kelishi kutilyapti
24-27-iyul kunlari Oʻzbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi kutilyapdi. Bu haqda “Oʻzgidromet” bosh direktori Sherzodxoʻja Habibullayev xabar berdi.
24-25-iyulda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida 41-42 darajagacha;
24-27-iyulda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 42-44 darajagacha;
25-27-iyulda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida 41-42 darajagacha koʻtariladi.
24-26-iyul kunlari shimolda, janubda va choʻl hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha, baʼzi joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring