Oʻzbekiston hududida zilzila sodir boʻldi
Illyustrativ foto
Oʻzbekiston Respublikasi hududida bugun, 5-mart kuni mahalliy vaqt bilan 11:52 da zilzila sodir boʻldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Epitsentr: Toshkent viloyati, Chinoz tumani. Zilzila koordinatalari: 41,73 gradus shimoliy kenglik; 70,19 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,6. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 96 km shimoliy-sharqda.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi: Boʻstonliq tumanida 2 ball, 28 km.
Kecha, 4 mart kuni mahalliy vaqt bilan 11:29 da ham Oʻzbekiston hududida zilzila sodir boʻlgandi. Zilzila epitsentri Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani boʻlib, magnitudasi 4,6 ni tashkil qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring