Oʻzbekiston hamda Qozogʻiston Hukumatlari oʻrtasida Kosmik fazoni tinchlik maqsadlarida tadqiq etish va foydalanish sohasida hamkorlik oʻrnatildi
Foto: Illustrativ foto
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–239-son, 10.05.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston hamda Qozogʻiston Hukumatlari oʻrtasida Kosmik fazoni tinchlik maqsadlarida tadqiq etish va foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.
Mazkur Bitim 2021-yil 6-dekabrda Nur-Sulton shahrida imzolangan.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring