Oʻzbekiston “Global Robot Cluster” tashkilotiga aʼzo boʻldi
Yaqinda Koreya Respublikasida boʻlib oʻtgan Xalqaro robototexnika biznes forumida Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
Global Robot Forum har yillik xalqaro robototexnika tadbiri boʻlib, unda yetakchi robototexnika klasterlari va uyushmalari ishtirok etadi. Bu galgi yigʻinda Osiyo, Yevropa va Okeaniyaning 15ga yaqin mamlakatlaridan kelgan 400 nafardan ortiq vakillar qatnashdi.
Forum doirasida ishtirokchi-mamlakatlarning robototexnika sohasidagi hozirgi holati, rivojlanish istiqbollari va kelgusi rejalari bilan tanishildi, robototexnika jamiyatlari, universitet va tadqiqot markazlari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasining avtomobil va robototexnika sohasida eng yuqori oʻrinlarda turuvchi kompaniyalaridan biri “Hyundai Robotics” kompaniyasida boʻlib, ushbu kompaniyaning boshqaruv tizimi va ishlash mexanizmi bilan tanishdi.
Forumda Oʻzbekiston “Global Robot Cluster” tashkilotiga 11-aʼzo davlat boʻlib qabul qilindi va ushbu tashkilot tomonidan 2020-yil iyul oyida Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida oʻtkaziladigan “Innoprom” koʻrgazmasiga taklif etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring