Oʻzbekiston ikki oyda qariyb 20 mln dollarlik gazlangan ichimliklar eksport qildi

16:35 09 Aprel 2026 Iqtisodiyot
376 0

2026-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston 19 ta xorijiy davlatga qiymati 19,9 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 43,2 mln litr gazlangan ichimliklar eksport qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Eng koʻp gazlangan ichimliklar eksport qilingan davlatlar roʻyxatida Qozogʻiston yetakchilik qilmoqda. Ushbu mamlakatga shu yilning yanvar-fevral oylarida 26,8 mln litr ichimlik yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida Qirgʻiz Respublikasiga 12,9 mln litr, Rossiyaga 3 mln litr, Gruziyaga 123,2 ming litr, Moʻgʻulistonga 99,3 ming litr hamda boshqa davlatlarga 319,8 ming litr gazlangan ichimliklar eksport qilingan.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu eksport hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 28,2 mln litrga yoki 2,9 barobarga ortgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер