Oʻzbekiston fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasportlarni rasmiylashtirish DXMda ham amalga oshiriladi
Oʻzbekistonda 2022-yilning 1-yanvaridan boshlab ayrim DXMda bir qator xizmatlar koʻrsatiladi, deya xabar berdi Davlat xizmatlari agentligi.
Shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasportlarni rasmiylashtirish va berish Davlat xizmatlari markazlarida amalga oshiriladi. 2022-yil oxiriga qadar barcha markazlarda imkoniyat yaratish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, pasport berish uchun davlat boji 1 ta bazaviy hisob-kitob qiymatiga yoki 270 000 soʻmga kamaydi. Ilgari 324 000 soʻm edi. Pasport rasmiylashtirish xizmatlari roʻyxatga olingan fuqaroning qaysi hududidan qatʼi nazar taqdim etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring