Oʻzbekiston-Fransiya: oʻzaro ishonchga asoslangan manfaatli hamkorlik yoʻlida
Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalari tarixi uzoq yillarga borib taqaladi. Bugungi kunda ham oʻzaro manfaatdorlik va hurmatga asoslangan doʻstona munosabatlar jadal rivojlanmoqda.
Jumladan, qishloq xoʻjaligi sohasida ham hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda. Mana shunday amaliy hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan muloqot Qishloq xoʻjaligi vazirligida boʻlib oʻtdi.
Unda vazir Ibrohim Abdurahmonov va “zoom” platformasi orqali Fransiyaning “Rungis-Semmaris” kompaniyasi vakillari, loyihaga aloqador mutasaddilar ishtirok etdi.
Muloqot asosini Fransuz kompaniyasi hamkorligida Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatlarida agrologistika komplekslarini tashkil etish masalalari tashkil qildi.
Konstruktiv ruhda oʻtgan muloqot, samarali hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim maydonga aylandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring