Oʻzbekiston Eron xalqiga insonparvarlik yordami yubordi

09:40 17 Mart 2026 Siyosat
284 0

Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Eron xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami yetkazildi. Ushbu koʻmak ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro hamjihatlik aloqalarining amaldagi ifodasi boʻldi.

Insonparvarlik yordami asosan un, guruch, shakar, makaron mahsulotlari, kungaboqar yogʻi, turli konservalar, dori-darmonlar va tibbiy buyumlar kabi birlamchi zaruriy mahsulotlardan tashkil topgan.

Yuklarni qabul qilib olish marosimida Eronning rasmiy vakillari, jumladan, Daregaz shahri hokimi Mujtabo Bazmara, Eron TIVning Xuroson Razaviy viloyatidagi idorasi rahbari Ali Masumifar hamda Eronning Turkmanistondagi elchisi Ali Mujtabo Ruzbexani ishtirok etdi.

Tadbir davomida soʻzga chiqqan rasmiylar koʻrsatilgan yuksak eʼtibor va koʻmak uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy minnatdorlik bildirdilar. Taʼkidlanganidek, ushbu xayrli tashabbus murakkab vaziyatlarda xalqlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro qoʻllab-quvvatlash anʼanalarining yorqin namunasidir.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston mintaqadagi qoʻshni va qardosh davlatlarga qiyin pallalarda muntazam ravishda insonparvarlik koʻmaklarini koʻrsatib kelmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер