Oʻzbekiston-Eron: Energetika sohasidagi hamkorlik kengaymoqda

12:00 20 Iyul 2023 Siyosat
644 0

Joriy yilning 18-iyul kuni oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Mapna group” kompaniya vakillari bilan uchrashdi.

MAPNA group — issiqlik va qayta tiklanadigan elektr stansiyalari, neft va gaz, temir yoʻl transporti va boshqa sanoat loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, yirik uskunalar, jumladan, gaz ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi Eron kompaniyalari guruhidir.

Eronlik investorlarga mahalliy hamkorlarni aniqlashga yordam berishga kelishildi. Kompaniya vakillari joriy yilning kuz oyida oʻtkaziladigan anʼanaviy “Innoweek.Uz» innovatsion gʻoyalar haftaligi taklif qilindi.

Uchrashuv soʻnggida Oʻzbekiston va Eronning innovatsiya yoʻnalishidagi hamkorlik yuzasidan iliq fikrlar bildirilib, mazkur ishlarni yangi bosqichga olib chiqish lozimligi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер