Oʻzbekiston YeI bilan viza tartibini soddalashtirish boʻyicha muzokara oʻtkazdi
Illyustrativ foto
Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqi bilan fuqarolarimiz uchun viza tartibini soddalashtirish boʻyicha muzokara oʻtkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Yevropa Ittifoqining Ichki ishlar va migratsiya boʻyicha bosh direktorati ekspertlari bilan muzokaralarning birinchi bosqichi oʻtkazilgan.
TIV Konsullik-huquqiy departamenti maʼlumotiga koʻra, tadbir davomida mehnat faoliyatini amalga oshirish, oʻqish uchun kelayotgan Oʻzbekiston fuqarolari, yuk mashinalari haydovchilari, turistik guruhlar uchun viza tartib-taomillarini soddalashtirish imkoniyatlari muhokama qilingan.
Xususan, Yevropa tomoni Oʻzbekiston fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirish masalasini Yevrokomissiya yigʻilishiga kiritish uchun bajarilishi zarur boʻlgan bir qator shartlarni belgilab bergan.
Uchrashuv yakunida yuqorida qayd etilgan maqsadlarga tez fursatda erishish uchun shu kabi muloqotlarni davom ettirishga kelishib olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring