Oʻzbekiston dunyodagi eng koʻp aholiga ega 40 ta davlat qatoridan joy oldi
2026-yil 1-yanvar holatida Oʻzbekistonning doimiy aholisi 38 million 236 ming 704 kishini tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Dunyo aholisi sonining har milliardga oʻsishi yillar kesimida quyidagicha taqsimlangan:
- 1804-yil – 1 mlrd kishi;
- 1927-yil – 2 mlrd kishi;
- 1960-yil – 3 mlrd kishi;
- 1974-yil – 4 mlrd kishi;
- 1987-yil – 5 mlrd kishi;
- 1999-yil – 6 mlrd kishi;
- 2011-yil – 7 mlrd kishi;
- 2022-yil – 8 mlrd kishi.
2026-yil holatiga koʻra, dunyo aholisi 8,2 milliarddan oshgan.
Oʻzbekiston ushbu koʻrsatkich bilan aholi soni boʻyicha dunyodagi eng koʻp aholiga ega 40 ta davlat qatoriga kirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring