Oʻzbekiston diplomati “Yapon tili notiqlik sanʼati” tanlovining maxsus sovrini bilan taqdirlandi

17:54 21 Dekabr 2023 Dunyo
428 0

Foto: “Dunyo” AA

Oʻzbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi 2-kotibi Faxriddin Ergashev Tokio shahrida boʻlib oʻtgan “Yapon tili notiqlik sanʼati” tanlovining maxsus sovrinini qoʻlga kiritdi.

“Dunyo” AA xabariga koʻra, mamlakatimiz vakili, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Tokio chet tillari universiteti bitiruvchisi ushbu tanlovda Oʻzbekiston va Yaponiya munosabatlari tarixi hamda hozirgi kunda ikki davlat oʻrtasida rivojlanib borayotgan strategik hamkorlik haqida yapon tilida maʼruza qilgan.

“Yapon tili notiqlik sanʼati” tanlovi Yaponiyada akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar xodimlari oʻrtasida, ularning yapon tilini bilish darajasini baholash maqsadida anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinadi. Bu yil tanlov 26-marotaba tashkil etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер