Oʻzbekiston delegatsiyasi Vena shahrida BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi tadbirlarida ishtirok etdi

15:08 19 Dekabr 2022 Siyosat
534 0

Delegatsiya aʼzolarining BMT Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi (BMT NJB ) masʼul xodimlari bilan oʻtkazgan tadbirlari va uchrashuvlari chogʻida respublikada narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish masalalari, transchegaraviy hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xalqaro loyiha va dasturlar muhokama qilindi.

Respublikaning Afgʻoniston boʻyicha pozitsiyasi eʼlon qilindi, Oʻzbekiston tomonidan afgʻon xalqiga koʻrsatilayotgan yordam, rasmiy Toshkentning ushbu mamlakatda yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishdagi ishtiroki, Xalqaro transport va logistika xab faoliyati, Termiz shahridagi Taʼlim klasteri, shuningdek, respublika rahbariyatining tashabbusi bilan BMT shafeligida tashkil etilgan Xalqaro muzokaralar guruhi faoliyati haqida maʼlumot berildi.

Afgʻoniston Markaziy Osiyoning ajralmas qismi ekani, bu mamlakatdagi mustahkam tinchlik butun mintaqa barqarorligi va farovonligi garovi ekanligi alohida taʼkidlandi.

BMT NJB rasmiylari tomonidan bildirilgan fikrlarga koʻra, Oʻzbekiston Parij paktini amalga oshirish va afgʻon narkotrafigiga qarshi kurash boʻyicha Markaziy Osiyodagi asosiy davlat hisoblanadi. Ular, shuningdek, Oʻzbekistonda tashkil etilgan Afgʻonistondagi vaziyatni tahlil va monitoring qilish ilmiy-tadqiqot markazining afgʻon narkotrafigiga oid dolzarb statistika maʼlumotlarini olishda muhim oʻrin tutishini taʼkidladilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер