Oʻzbekiston delegatsiyasi Nufuzli xotin-qizlar birinchi xalqaro kongressida ishtirok etdi

11:19 28 Yanvar 2023 Siyosat
921 0

Eron Islom Respublikasi poytaxti Tehron shahrida nufuzli xotin-qizlar birinchi xalqaro kongressi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda turli mamlakatlardan 38ta delegatsiya, jumladan, birinchi xonimlar, hukumat aʻzolari, parlament rahbarlari, shuningdek, ishbilarmon va nufuzli ayollar ishtirok etdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi M. Qodirxonova ham qatnashdi.

Kongress uchta muhim mavzuda boʻlib oʻtdi: “tadbirkorlik va iqtisodiyot”, “ijtimoiy va xayriya faoliyati”, “fan va texnologiyalar”. Ishtirokchilar ayollarni kamsitish muammosini hal qilishda hamkorlik qilish zarurligini taʻkidlab, ushbu mavzu yuzasidan fikr almashdilar. Taʻkidlanganidek, mazkur Kongress xotin-qizlarning rolini kuchaytirishga qaratilgan saʻy-harakatlarni birlashtiruvchi vosita boʻlib xizmat qiladi.
Xalqaro kongressda bugungi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga, ularning davlat boshqaruvi va umuman jamiyatning barcha jarayonlaridagi rolini oshirishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilayotgani alohida taʻkidlandi.

Mamlakatimizda 2022-yil mobaynida oila va ayollarni tizimli qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha 3 ta tarixiy hujjat – 2 ta farmon va 1 ta qaror qabul qilindi. Ushbu hujjatlar ayollar uchun qoʻshimcha 42 ta imtiyoz belgilashi tadbir ishtirokchilari tomonidan eʻtirof etildi.

Oʻzbekiston davlat siyosatining oilani qoʻllab-quvvatlash, xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini taʻminlash, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish kabi yoʻnalishlariga alohida eʻtibor qaratilganligi borasida soʻz yuritildi.

Kongress yakunida xotin-qizlarning hayotning turli sohalarida imkoniyatlarini kengaytirish, oʻzaro hamkorlik va tajriba almashishni yanada rivojlantirish, muhim muammolarni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер