Oʻzbekiston delegatsiyasi Afgʻonistonda boʻldi
Qobulda oʻtkazilgan uchrashuvlarda “Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatish tarmogʻi qurilishi loyihasini amalga oshirish, Oʻzbekistonning Qobul va Mozori Sharif shaharlaridagi savdo uylari faoliyatini qayta tiklash va jonlantirish, Afgʻonistonda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ vakolatxonasini ochish, shuningdek, xalqaro yuk tashish, bojxona nazorati hamda foydali qazilmali konlarni oʻrganish va rivojlantirish istiqbollariga oid boshqa masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, ikki mamlakatning davlat idoralari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida “B2B” hamda “G2B” formatidagi uchrashuvlar doirasida qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik sanoati, transport-logistika va boshqa sohalarda 1 mlrd 185 mln soʻmlik eksport-import shartnomalari va bitimlar imzolandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring