Oʻzbekiston BMTning yana bir xalqaro bitimiga aʼzo boʻldi

21:16 05 Oktyabr 2021 Siyosat
643 0

Prezidentimizning “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Oʻzbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining “Quruqlik portlari” toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimiga qoʻshildi.

Transport vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekistonning huquq va majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер