Oʻzbekiston-Belarus: hamkorlikning yangi bosqichlari
Keyingi yillarda Oʻzbekiston-Belarus oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlanib bormoqda. Jumladan, mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoatida, turizm va qishloq xoʻjaligi sohalarida qoʻshma loyihalar amalga oshirilmoqda.
Buning natijasi oʻlaroq, qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, bir qator kelishuvlarga erishish va loyiha yuzasidan hamkorlikka erishish maqsadida Belarus Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat vazirligi delegatsiya aʼzolari Oʻzbekistonda boʻlib turibdi.
Xususan, bugun Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Belarus Qishloq xoʻjaligi va oziq ovqat vaziri Bartosh Sergey Ivanovich delegatsiya delegatsiya aʼzolarini qabul qildi.
Uchrashuv davomida, oʻzaro yetkazib beriladigan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari turlarini kengaytirish, goʻsht va sut mahsulotlarini qayta ishlash, chorvachilik va veterinariya, qishloq xoʻjaligi fanlari sohasida hamkorlikni rivojlantirishning yangi bosqichlari muhokama qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring