Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi yangi loyiha ustida ish boshladi
FIBA Osiyo mintaqaviy byurosi Toshkentda Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi (OʻBF) uchun aloqa va suratga olish boʻyicha seminar oʻtkazdi.
OʻBFning PR va OAV xodimlari uchun oʻtkazilgan seminarning maqsadi ularni oʻqitish, muloqot va raqamli media imkoniyatlardan foydalanish malakasini yaxshilash edi. Mahalliy chempionat va terma jamoa targʻibotini kuchaytirish uch kunlik dasturning bir qismi boʻldi.
— Osiyo mintaqaviy byuromizning jamoasini Toshkentda mamnuniyat bilan qabul qilamiz. Oʻyin mobaynida raqamli va ommaviy axborot vositalaridan foydalanish muhimligini juda yaxshi tushunamiz va xorijlik doʻstlarimiz tajribasini oʻrganishni xohlardik, — dedi Federatsiya bosh kotibi Ravshan Gʻaniyev.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring