“Oʻzbekiston ayollari, birlashaylik!”
Joriy yilning 1-2-mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tashabbusi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda birinchi respublika xotin-qizlar forumi tashkil etildi.
“Oʻzbekiston ayollari birlashaylik!” shiori ostida oʻtkazilgan forumda respublika boʻyicha ichki ishlar sohasida xizmat qiluvchi jami 200 nafar xotin-qizlar ishtirok etishdi.
Ushbu forumni tashkil etishdan asosiy maqsad ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarni bilim saviyasini, tashabbuskorligi, turli tadbirlar doirasida faolligini oshirish hamda intellektual salohiyatini yuksaltirish, shuningdek, hududlardan kelgan ayollarni sohadagi muammolarni tinglab, kelgusi ish faoliyatlarida yuqori natijaga erishishlari uchun rejalar qilishdan iboratdir.
Forumning ilk kunida tegishli mutasaddilar, Ichki ishlar vazirligi faxriylari mavzu yuzasidan oʻz fikrlarini bildirib, yosh xodimlarga tavsiyalarini berishdi.
Shuningdek, forum doirasida «
Bundan tashqari, forum davomida ichki ishlar organi tizimida xizmat qilayotgan 52 nafar xotin-qizga moddiy yordam berish maqsadida foizsiz qarzlar taqdim etildi. Shuningdek, tadbir doirasida tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning kelgusi ish jarayonlarida yanada yuqori natijalarga erishishlari uchun ularga ruh beradigan namunali xodimalarning hayot va xizmat jarayonlari aks ettirilgan videolar ham namoyish qilindi.
Forumga tashrif buyurgan parlament a`zolari, Mudofaa va Adliya vazirliklari hamda Milliy gvardiya saflarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarimizga Ichki ishlar vazirligining bayramona sovgʻalari taqdim etildi.
Forum davomida qatnashchilar Adiblar xiyoboniga tashrif buyurib, sadoqat va vafo ramzi Zulfiyaxonim haykali poyiga gulchambarlar qoʻyishdi. Shundan soʻng ishtirokchilar uchun Oʻzbek musiqali drama teatrida “Ayyorgina ayolim” nomli spektakl namoyish qilindi.
Ikki kun davom etgan forum barchada katta taassurotlar qoldirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring