Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi Filippinga magʻlub boʻldi
Bugun, 19-mart kuni Avstraliya mamlakatida ayollar terma jamoalari oʻrtasidagi Osiyo chempionati musobaqasi doirasida Jahon chempionati yoʻllanmasi uchun oʻyin boʻlib oʻtdi. Unda Osiyo kubogi musobaqasidagi ishtiroki chorak finalda yakunlangan Oʻzbekiston va Filippin terma jamoalari oʻzaro kuch sinashdi.
Uchrashuv Filippin terma jamoasining 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga Anjela Bird va Jaklin Saviski mualliflik qildi.
Shu tariqa Filippin terma jamoasi Jahon chempionati yoʻllanmasiga ega chiqdi. Kotrina Kulbite boshqaruvidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi esa endi qitʼalararo pley-off musobaqasida Jahon chempionati yoʻllanmasi uchun kurashni davom ettiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring