Oʻzbekiston aholisining qancha qismi internetdan foydalanishi aytildi
2025-yil yanvar avgust oylarida Oʻzbekistonda internetdan foydalanuvchi aholi ulushi 94,2 foizni tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.
Oʻzbekistonda internetdan foydalanuvchi aholi ulushi yillar kesimida hisoblaganda 2021-yil 76,6 foiz, 2022-yil 83,9 foiz, 2023-yil 89 foiz, 2024-yil 93,3 foiz hamda 2025-yil (yanvar avgust) 94,2 foizni tashkil qilgan.
Milliy statistika qoʻmitasining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda internetdan foydalanuvchi aholi ulushi soʻnggi 4-yil ichida 76,6 foizdan 94,2 foizga ortgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring