Oʻzbekiston aholisi qanchaga yetgani maʼlum qilindi
Oʻzbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2021- yil 1- aprel holatiga koʻra 34 695,6 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 136,7 ming kishiga yoki 0,4 % ga koʻpaydi. Jumladan, shahar aholisi soni 17 581,6 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,7 %), qishloq aholisi soni 17 114,0 ming kishi (49,3 %)ni tashkil etdi. Bu haqda Statistika qoʻmitasi xabar berdi.
Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, 2021-yil 1-aprel holatiga koʻra, hududlarning respublika jami aholisi sonidagi ulushi boʻyicha eng koʻp koʻrsatkich Samarqand viloyatida 11,4 % ni, keyingi oʻrinlarda Fargʻona viloyati 11,1 % ni, Qashqadaryo viloyati 9,6 % ni va Andijon viloyati 9,2 % ni tashkil etgan.
2021- yilda 179,8 mingta bola tugʻilganligi qayd etilgan boʻlib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tugʻilish koeffitsiyenti 21,1 promilleni tashkil etdi hamda 2020- yilga nisbatan 0,9 promillega oshganligi kuzatildi (2020- yilda 20,2 promilleni tashkil etgan).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring