Oʻzbekiston afgʻon xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi — foto
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasining birodar afgʻon xalqiga 58 tonnalik zarur oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat navbatdagi insonparvarlik yuklari ortilgan avtomashinalari Hayraton chegara oʻtkazish punkti orqali qoʻshni mamlakatning Balx viloyati shimolidagi Kaldor tumaniga yetkazib berildi.
Bu galgi koʻrsatilgan yordam avvalgilaridan farqli ravishda, ogʻir ijtimoiy sharoitda yashayotgan oilalarning oʻzlariga tarqatildi.
420 ta oilaga moʻljallangan insonparvarlik yordami tarkibida 50 kilogrammdan un, 25 kilogrammdan guruch, 10 kilogrammdan shakar, 10 litrdan yogʻ, 10 bankadan tushonka, 10 bankadan murabbo, 2 qutidan makaron, 2 qutidan lapsha mahsulotlari mavjud.
Insonparvarlik yuklari 11-12-sentyabr kunlari qoʻshni mamlakatning boshqa hududlariga ham yetkaziladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring