Oʻzbekiston 9 oyda qiymati 26,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan gilam eksport qilgan

13:07 01 Noyabr 2022 Iqtisodiyot
705 0

Foto: Illustrativ surat

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 26,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan gilam eksport qilgan.

Gilam eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,2 mln AQSH dollariga kam.

2022-yilning 9 oyida Oʻzbekiston gilam eksport qilgan asosiy davlatlar:

— Qirgʻiz R. – 15,6 mln;

— Ozarbayjon – 3,6 mln;

— Afgʻoniston – 2,6 mln;

— Rossiya – 2,5 mln;

— Qozogʻiston – 1,1 mln;

— Tojikiston – 401 ming AQSH dollar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер