Oʻzbekiston 4,5 mln dollarlik quritilgan sabzi eksport qildi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatimizdan 2020-yilning 10 oyida chet elga qiymati 4,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 9,9 ming tonna quritilgan sabzi eksport qilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6,8 ming tonnaga koʻp.
Oʻzbekiston quritilgan sabzini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 9,4 ming tonna
Rossiya – 373,1 tonna
AQSH – 131,3 tonna
Germaniya – 26,4 tonna
2020-yilning 1-noyabr holatiga koʻra, quritilgan sabzini eng koʻp eksport qilgan hududlar:
Toshkent viloyati – 4,8 ming tonna
Samarqand viloyati – 3,5 ming tonna
Namangan viloyati – 524,6 tonna
Toshkent shahri – 276,9 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring