Oʻzbekiston 36 million dollarlik shaftoli mevasini eksport qildi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 1-avgust holati boʻyicha qiymati 36,3 million AQSH dollariga teng boʻlgan 47,7 ming tonna shaftoli mevasi 9 ta xorijiy davlatga eksport qilingan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 22 ming tonnaga koʻp.
Eksport qilingan jami shaftolining 34, 9 foizi yaʼni, 16,7 ming tonnasi Fargʻona viloyati hissasiga toʻgʻri kelgan. Bu borada Namangan 8,2 ming tonna, Toshkent 7,5 ming tonna va Xorazm viloyati 5,5 ming tonna mahsulot eksporti bilan keyingi oʻrinlarni egallagan.
Maʼlumot oʻrnida, Rossiya Federatsiyasiga 22,1 ming tonna va Qozogʻistonga 20,6 ming tonna shaftoli mevasi eksport qilingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring